"Chelsi" zo‘r transferni rejalashtiryapti

  • 28 oktabr, 2021, 12:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" va Niderlandiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Matteys de Ligt faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deya yozmoqda "Eurosport".

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi xizmatiga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. Agar "ko‘klar" Andreas Kristensen va Antonio Ryudiger bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, niderlandiyalik himoyachini xarid qiladi. 

Ma’lum bo‘lishicha, londonliklar De Ligtdan tashqari "Vilyarreal" futbolchisi Pau Torresni ham kuzatmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!