“Chelsi”da tozalash davom etadi. Uch futbolchiga xaridor chiqdi
“Chelsi” rahbariyati Tomas Tuxel asosiy tarkibda o‘ynatmaydigan futbolchilarni sotish va ijaraga berish amaliyotini boshlab yubordi.
Himoyachilardan Trevo Chaloba Angliyaning boshqa klubiga ijaraga ketmoqchi edi. Biroq, iste’dodli futbolchi “Chelsi” tarkibida ikkita rasmiy uchrashuvni yuqori saviyada o‘tkazganidan keyin Tomas Tuxel uni olib qolishni o‘ylay boshladi. Hozircha, 22 yoshli klub rahbariyati va bosh murabbiyning yakuniy qarorini kutmoqda.
“Aristokratlar”ning ganalik qanot himoyachisi Rahmon Baba klubdan butunlay ketishi kerak. 27 yoshli futbolchini Gretsiyaning PAOK jamoasi ijaraga olmoqchi edi. Londonliklar futbolchini to‘liq transfer maqsadida bu chorlovni qabul qilmadi. Hozir Babaga Evropaning bir necha klublari qiziqmoqda.
“Chelsi”ning yosh himoyachisi Dyujon Sterling ham asosiy tarkibga kira olmaydi. Klub xo‘jayinlari uni Chempionshipga yuborishni rejalashtirmoqda. Bu futbolchiga quyi ligandan etarlicha taklif bor.

Fikrlar