"Chelsi"da universal vunderkind paydo bo‘ldi

  • 23 avgust, 2021, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel katta transferlarni amalga oshirishdan tashqari klubda tarbiyalangan yoshlarga imkoniyat berish imkonini ham topmoqda.

Tecno

Xususan, germaniyalik mutaxassis ijaraga ketishi kutilgan Trevo Chalobani asosiy tarkibga qo‘shib, iste’dodli yosh futbolchiga imkon berdi. Ayni paytda klub rahbarlari o‘zini ko‘rsata boshlagan o‘yinchisiga yangi shartnoma taklif qilish borasida ish olib bormoqda.

Tomas Tuxel esa akademiya tarbiyalanuvchilaridan yana birini birinchi jamoaga olishni rejalashtirmoqda. Tajribali mutaxassis Itan Ampaduning kelajagiga ishonmoqda. Shu bois Tuxel maydonda bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan universal futbolchini ijaraga jo‘natmadi.

Itan tez orada premer-ligada o‘z iste’dodi va salohiyatini namoyish etish imkoniga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!