“Chelsi”ga gol o‘tkazmaydigan darvozabon keladi

  • 07.10.2023 10:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa darvozabonlaridan qoniqish hosil qilayotgani o‘tgani. O‘tgan mavsumlarda darvozani qo‘riqlagan Eduar Mendi sotib yuborildi, Kepa Arrisabalaga “Real”ga ijaraga jo‘natildi.

Yozda jamoaga 25 million funt evaziga Robert Sanches olib kelindi. Keyinchalik Jorj Mitrovich va Gabriel Slonina kabi darvozabonlar transfer qilindi. Biroq argentinalik mutaxassisga bu variant ham yoqmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, “aristokratlar”ga Frantsiya terma jamoasi va “Milan” posboni Mayk Menyan kerak.

“Chelsi” 28 yoshli darvozabonni asosiy nishon sifatida belgilagan. PSJ ham o‘z darvozasini qo‘riqlayotgan Italiya terma jamoasining birinchi raqamli posboni Janluiji Donnarumma o‘rniga Mayk Menyanni olib kelmoqchi.

“Chelsi” ham, PSJ ham yaxshigina moliyaviy daromadlarni kafolatlagan holda Mayk Menyanni o‘z saifga og‘dirib olishga harakat qilmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!