"Chelsi"ga Palmer uchun rad etib bo‘lmas summa taklif qilindi

  • 6 yanvar, 14:16
  • Bilolbek Imomov
  • 1
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi Londonning "Chelsi" etakchisi Koul Palmer uchun 200 million evro taklif qildi. 
 
Parijliklar Prezidenti Nosir Al-Xelayfi Evropa Chempionlar ligasida zafar quchishni hali hamon orzu qilmoqda. Shu sababli, qishki transferlar oynasida yana top futbolchi xarid qilishni maqsad qilib qo‘ygan. 
 
"El Nacional" nashrining xabariga ko‘ra, PSJ so‘nggi kunlarda Palmer atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda. Qulay payt tug‘ilishi bilan rad etib bo‘lmas shartnoma taklif qilmoqchi. Manbaga ko‘ra, hozirda Koul uchun frantsiyaliklar 200 million evro atrofidagi summani taklif qilmoqchi. Biroq, "aristokratlar" yaqin yillarda angliyalik hujumkor yarim himoyachini sotish niyatida emasligini bildirgan. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 22 yoshli yulduz bu mavsum londonliklar safida 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 130 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
06/01/2025 19:56
Буям Неймарга ухшаб комасин тагин