
Lempard “Chelsi” uchun uch futbolchini tanladi
Kelasi mavsum o‘yinlarigacha tarkibini kuchaytrishga urinayotgan “Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard o‘ziga kerakli futbolchilar nomini oshkor qildi.
- Menga hozirgi tarkibimiz va unda yosh o‘yinchilarning ko‘pligi yoqadi. Lekin jamoani kuchaytirish imkoniyadan ham foydalanish kerak. O‘tgan yili yozda ham, bu yil yanvarda hech kimni olmadik. Lekin jamoaga yangicha ob-havo olib kiradigan futbolchilar kerakligini hamma bilib turibdi, - dedi Lempard.
Frenk Lempard o‘z jamoasi tarkibida “Sassuolo” yarim himoyachisi Jeremi Boga, “Barselona” pleymeykeri Filippe Koutino va “Borussiya” vingeri Jeydon Sanchoni ko‘rmoqchi.
Fikrlar