“Chelsi”ning 60 millionli taklifi erda qoldi

  • 10.06.2021 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi “Chelsi” rahbariyati “Inter” chempionligiga munosib hissa qo‘shgan marokashlik himoyachi Ashraf Hakimining transferi uchun 60 million evro taklif qilgan edi.

Biroq, milanliklar bu taklifni qabul qilmadi va 22 yoshli futbolchining narxi 80 million evrodan kam emasligini ta’kidladi. Avvalroq, PSJ ham bu himoyachiga og‘iz solgan edi.

Ayni paytda “Chelsi” mutasaddilari Hakimi uchun 60 million evroga o‘yinchilaridan birini qo‘shib berish ham taklif qilmoqda. Ular Italiyaga himoyachilardan Emerson Palmeri yoki Andreas Kristensenni jo‘natmoqchi.

Klublar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!