“Chelsi”ning muammosini hal qiladigan besh o‘yinchi bor
Football London nashri tahlilchilari bir necha mavsumdan beri katta xarajat qilayotganiga qaramay, kuchli jamoa shakllantira olmayotgan “Chelsi”ga besh nafar futbolchini tavsiya qildi.
Demak, mutaxassislarning ta’kidlashicha, “aristokratlar” yaqinlashib kelayotgan qishki va yozgi transferlar vaqtida quyidagi besh hujumchidan birini qo‘lga kirita olsa, kelasi mavsum yuqori maqsadlar uchun kurashish imkoniga ega bo‘ladi.
Nufuzli nashr tavsiyasiga ko‘ra, londonliklar Viktor Osimxen, Eyvan Touni, Benjamin Sheshko, Olli Uotkins yoki Kilian Mbappedan birini olish kerak.
Bu futbolchilardan faqatgina Touni va Uotkins Angliya Premer-ligasida o‘ynash tajribasiga ega.
Ro‘yxatga kiritilgan besh hujumchining har biri uchun “arsitokratlar” bir nechtadan grand klub bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar