Chempion bo‘lgan jamoadan ramziy terma jamoaga bor yo‘g‘i 2 ta futbolchi kiritildi

  • 24.05.2021 18:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya professional futbolchilar ittifoqi chempionatning joriy mavsumidagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.

Qizig‘i, ushbu ramziy terma jamoaga chempionlikni qo‘lga kiritgan “Lill” klubidan bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinchi kiritilgan xolos. Ikkinchi o‘rinni egallagan PSJdan esa 5 nafar futbolchi joy olgan.

Quyida to‘liq tarkib bilan tanishib olishingiz mumkin:

Darvozabon: Keylor Navas (PSJ).

Himoyachilar: Reynildu Mandava ("Lill"), Presnel Kimpembe, Markinos (ikkalasi – PSJ), Jonatan Kloss ("Lans").

Yarim himoyachilar: Benjamen Andre ("Lill"), Lukas Paketa ("Lion"), Orelen Tchuameni ("Monako").

Hujumchilar: Kilian Mbappe, Neymar (ikkalasi – PSJ), Memfis Depay ("Lion").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!