
Chempionlar ligasi va Evropa ligasi finallarining taxminiy sanasi ma’lum qilindi
The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, Evrokuboklarning davom ettirish rejasining taxminiy variantini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Evropa chempionlar ligasi o‘yinlari 28 iyuldan mini-turnir sifatida davom ettiriladi. Turnirnig final bosqichi esa 29 avgust kuni o‘tkaziladi.
Shuningdek Evropa ligasi bahslari ham iyul oyining oxirlarida davom ettiriladi va 26 avgustda final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, chempionlar ligasi 30 may kuni Istambuldagi "Olimpik" stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus panedmiyasi sabab futbol bahslari noma’lum muddatga qoldirildi.
Fikrlar