Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  • 18 aprel, 16:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Seru Girassi Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilindi. U 1/4 final javob o‘yinida "Barselona" darvozasiga xet-trik qayd etdi va jamoasiga 3:1 hisobidagi g‘alabani ta’minladi. Shunga qaramay, "Borussiya" ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra (3:5) musobaqani tark etdi.

Ikkinchi o‘rinni "Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays egalladi — u "Real"ga qarshi uchrashuvda (2:1) eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan. Uchinchi o‘rinda — "Inter" forvardi Lautaro Martines, u "Bavariya" darvozasini ishg‘ol qildi (2:2).

To‘rtinchi o‘rinni esa PSJ vingeri Usman Dembele egalladi — u "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda (2:3) samarali uzatma bilan ajralib turdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!