
Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ma’lumotlar UEFA rasmiy sayti sahifalarida e’lon qilindi. Chorak finalning “Chelsi”ga qarshi javob uchrashuvida (2:0) urugvaylik futbolchi bitta golli uzatmani amalga oshirib, salkam 12 kilometr masofani bosib o‘tdi va 89 foiz aniq to‘p uzatishni ko‘rsatdi.
Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun kurashda Valverde Rafael Leau (“Milan”), Lautaro Martines (“Inter”) va Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”)ni ortda qoldirdi.
Chempionlar ligasi yarim finalida “Inter” “Milan” bilan, “Real” esa “Manchester Siti” bilan o‘ynaydi. Uchrashuvlar may oyida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar