Chempionlik uchun kurash davom etadi. Yaxshiboevning jamoasi BATE bilan durang o‘ynadi
Bugun Belarus Oliy ligasi 28-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Shaxtyor" va BATE jamoalari o‘zar kurash olib bordi.
Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. Mezbonlar safida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa davomida maydonda faol harakat qildi.
Shu tariqa, soligorskliklar hisobidagi ochkolar soni 53 taga etdi. Chempionat tugashiga 2 tur qolganida BATE 54 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Belarus Oliy ligasi. 28-tur
"Shaxtyor" Soligorsk - BATE 1:1
Gollar: Begunov (81 pen) - Nexaychik (25).

Fikrlar