Chim ustida xokkey. O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Farg‘ona viloyatida sportning chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha U-16 o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari o‘z yakuniga etdi.

Qizg‘in bahs va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan musobaqa natijalariga ko‘ra:

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin – Andijon viloyati jamoasi,
2-o‘rin – Xorazm viloyati jamoasi,
3-o‘rin – Sirdaryo viloyati jamoasi;

Qizlar jamoalari o‘rtasida:
1-o‘rin – Xorazm viloyati jamoasi,
2-o‘rin – Farg‘ona viloyati jamoasi,
3-o‘rin – Andijon viloyati jamoasiga nasib etdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!