Coca-Cola Superligasida mavsum qachon yakunlanadi?

  • 13 iyun, 2020, 11:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, bugundan Coca-Cola Superligasiga restart beriladi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev shu munosabat bilan o‘zining ayrim fikrlarini bildirib o‘tdi.

“3 oy deganda futbolni boshlash arafasida turibmiz. Bu yo‘lda katta ish qilindi, umid qilamanki, dunyoning hech bir nuqtasida futbol qaytib bunday tanaffus olmaydi.

Nasib bo‘lsa, dekabrning ikkinchi dekadasida 2020 yilgi mavsumni yakunlab olamiz. Ungacha qator muammolarni hal qilishga, tom ma’noda professional bo‘lib ishlashga intilamiz. Bu yo‘lda tanqidlar, tushunmovchiliklar bo‘lishi tabiiy bir hol. Biz ularga bosiqlik va aniqlik bilan javob qaytarishga harakat qilamiz. 4-turni o‘tkazib olishimiz hamonoq 2021 yilgi mavsum rejalariga kirishamiz, kelasi yilgi chempionat eng yaxshisi bo‘lishi ustida ishlaymiz.

Futbol muxlislarimizni qaytayotgan futbol kuni bilan jamoamiz nomidan tabriklayman. Biz ularni bugun stadionlarga taklif eta olmayapmiz, evaziga ularda barcha uchrashuvlarni jonli tomosha qilish imkoniyati bor. Ishonamanki, tez orada stadionlarimiz ular uchun qayta ochiladi. Bugun hamma tushunib ulgurdiki, muxlislarsiz futbol go‘shtsiz kabobga, guruchsiz oshga o‘xshaydi”, - deydi Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
13/06/2020 12:34
Diyor sanga kup bor chiqishlaringa etibor berganman dadel gapirasan. Uzbek fudboliga jon kuyderishing ham bilaman lekin. Muhlislar bilan bulgan taqderga ham kup stadiyonla tulmasdi. Muhlis muhlis deysizla lekin beron marta muhlis uylamaysizla agar muhlislarni uylaganlarizga. Toza fudbol quyib berardizla. hamma uz klubini uyinni kuproq kuzatadi. shahsan man utkan yil 2 uyinga ham. Nasaf Pahtakor uyiniga sudiya ochiqchasiga fudbolni ulderdi. bunoqaga qanday fudbolga muhlis keradi. 1chisiga ha mayli 2 chisi nima yana shu ishni qildizla. bulmasa Refi taymdan ham ochiq oydin aytapti 2 mamentka ham qizil berish kerak edi pahtakor uyinchisiga dedi. lekin qolgan mamentlarga kursatmadi ham vediyo roliklarini. qisqasi. bu hali mani. uz kuzim bilan kurib 2 ta uyinga tuhtalganim. mutahasislar ham tuhtalgani. bunoqa uyin kim qancha. YANA MUHLIS MUHLIS. DEYSIZLA. yzi aslida Uzbek fudbolini ulderganlani ham bilasanki.