Covid-19 aniqlangan bokschi chempionlik kamari uchun jangdan quruq qoldi
Ma’lumki, «Showtime» kanali bir nechta chempionlik janglarini e’lon qilgan va unga ko‘ra, 1 avgust kuni birinchi yarim engil (55.2kg) vaznda vakant WBO jahon chempionlik kamari uchun Stefan Fulton va Anjelo Leolar jang olib borishi kerak edi. Biroq,Stefan Fultondan Covid-19 virusi aniqlandi va endi, Leo ushbu kamar uchun boshqa bir bokschi Tremein Uilyamsga (19-0, 6 KO) qarshi to‘qnash keladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz: ushbu vaznda WBO chempioni bo‘lgan meksikalik Emanuel Navarrete yarim o‘rta vaznga ( 57.1kg) o‘tganligi munosabati bilan kamar vakant qolgan edi. Shuningdek, aynan shu birinchi yarim engil (55.2kg) vaznda hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6KO) WBA va IBF chempionlik kamari sohibi hisoblanadi..

Fikrlar