
Dahshat! "Tottenxem" so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga g‘alabani ilib ketdi
APL 17-turidan o‘rin olgan qoldirilgan "Lester" - "Tottenxem" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda "shporlar" 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Daka 24-daqiqada hisobni ochdi. 38-daqiqada Xarri Keyn muvozanatni tikladi. 76-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Meddison "tulkilar"ni yana oldinga olib chiqdi. So‘ngra o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Bergveyn dubl qayd etib, "shporlar"ga g‘alaba taqdim etdi.
Shunday qilib, Konte shogirdlari hisobidagi ochkolar sonini 36 taga etkazgan holda, APL turnir jadvalida 5-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. 25 ochkosi bor "Lester" 10-pog‘onani band etgan.
Fikrlar