Dahshatli zarba! Terma jamoa o‘yinchisining qulog‘ini tikib qo‘yishdi (foto)

  • 2 mart, 16:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya kubogi doirasida “Kristal Pelas” va “Miluoll” jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda noxush holat sodir bo‘ldi.

“Kristal Pelas” sharafini himoya qilayotgan Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Jan-Filipp Mateta uchrashuvda olgan jarohati tufayli kasalxonaga tushib qoldi.

Gap shundaki, o‘yinning 8-daqiqasida “Miluoll” darvozaboni Roberts yuqoridan uzatilgan to‘pni qaytarish uchun jarima maydonchasidan tashqariga chiqib keldi. Baland sakragan darvozabonning oyog‘i Matetaning bosh qismiga tegdi. Posbonga qizil kartochka ko‘rsatildi.

Matetaga tibbiyot xodimlari birinchi yordamni ko‘rsatib, uni darrov kasalxonaga jo‘natishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, frantsiyalik hujumchining qulog‘i shikastlangan va uni 25 ta chok yordamida tikib qo‘yishgan.

Bellashuvda “Kristal Pelas” 3:1 hisobida zafar quchdi.

27 yoshli Mateta joriy mavsumda barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol va uchta assist muallifi bo‘lgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!