Dana Uayt: "Bellator" uchun 500 ming dollar? Bu ahmoqlik"
UFC prezidenti "Bellator" promoushenining sotilishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Oldinroq, PFL promousheni Bellator uchun 500 ming dollar taklif qilgani ma’lum bo‘lgandi.
"Nima uchun "Bellator"ni sotib olish kerak? Bu ahmoqlik, agar biznes haqida gap ketadigan bo‘lsa ham, bu dahshatli qaror bo‘lardi. Kimdir mana shunday narxga "Bellator"ni sotib olishini tasavvur ham qila olmayman. Mayli, buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.
"Bellator" uchun 500 ming dollar? Savdoda mag‘lub bo‘lishni xohlaydiganlar bo‘lsa, marhamat sotib oling. Ammo bu ahmoqlik", - dedi UFC prezidenti Dana Uayt.



Fikrlar