
Dana Uayt Habibga taklif bilan chiqdi
UFC bosh direktori Dana Uayt Xabib Nurmagomedovning oktagonga qaytishi uchun taklif kiritganini aytib o‘tdi.
"Men unga katta miqdorda pul taklif qildim. Ammo u rozi bo‘lmadi. Menimcha, Habibning puli xarajatlaridan ko‘ra ko‘proq, shuning uchun unga boshqa jang qilish kerak emas. U otasining o‘limidan so‘ng jang qilish ishtiyoqini yo‘qotgan”, – dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, Habib faoliyatini 2020 yilning oktyabr oyida yakunlagan edi.
Fikrlar