Dana Uayt ham Xabib va Toni jangini o‘z vaqtida o‘tishiga ishonmayapti
UFC prezidenti Dana Uayt engil vazn toifasi chempioni Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang haqidagi savolga javob berdi.
"Turnir 18 aprel kuni bo‘lib o‘tadimi? Agar menga bu savolni o‘n kun oldin berishsa, men albatta aniq javob berardim. Ammo hozir ko‘p narsani bilmayman.
Bir o‘ylab ko‘ring, Las-Vegas 30 kun davomida barcha kazinolarni yopib qo‘ydi. Hayotimda bunday bo‘lishini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishimga ishonmasdim.
Biroq Xabib va Toni jangi bo‘lib o‘tadi. Biz buni amalga oshiramiz. Hozir vaziyatga qarab harakat qilaman. Jang 18 aprel kuni bo‘lib o‘tishi borasida aniq javobim yo‘q ”, -dedi Uayt.

Fikrlar