Dani Alves faoliyatini Braziliyada davom ettiradi

  • 02.08.2019 08:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik mashhur himoyachi Dani Alves katta ehtimol bilan faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradi.

Goal.com nashrining xabar berishicha 36 yoshli futbolchi "San-Paulu" klubiga o‘tishga rozilik bildirgan. Ta’kidlash kerakki, ushbu jamoa esa unga 3 yillik shartnoma taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Dani Alves futbol tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan o‘yinchi hisoblanadi. U hozirgacha jami 43ta sovrinni boshi uzra ko‘targan. U faoliyati davomida "Bayya", "Sevilya", "Barselona", "Yuventus" va PSJ kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!