Danil Evdokimov kumush medalga sazovor bo‘ldi
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida kattalar va yoshlar o‘rtasida velosport bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi.
Velosportning trek yo‘nalishida Murodjon Xolmurodov bronza, yoshlar o‘rtasidagi omnium yo‘nalishida Danil Evdokimov kumush medalni terma jamoamizga keltirdi.
Shuningdek, musobaqa doirasida Osiyo Velosport Konfederatsiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston velosport federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jaev Osiyo Velosport Konfederatsiyasi raisining o‘rinbosari etib saylandi.
2019 yilgi Osiyo chempionati va Osiyo Velosport Konfederatsiyasining navbatdagi Kongressi Toshkentda o‘tkazilishi e’lon qilindi. Davlatlar o‘rtasida quyidagi natijalar qo‘lga kiritildi.
Fikrlar