Daniya chempioni "Manchester Yunayted"ni "qiynab" qo‘ydi (video)
Kecha Evropa ligasining 1/4 final bosqich uchrashuvlari boshlandi. UEFA ushbu bosqichdan boshlab o‘yinlarni markazlashgan holda bir o‘yindan iborat qilib o‘tkazmoqda.
Chorak finalning ilk bahsida “Manchester Yunayted” Daniya chempioni – “Kopengagen”ga qarshi maydonga tushdi. Asosiy bo‘limlarda hisob ochilmagach, hakam jamoalarni qo‘shimcha bo‘limlarga taklif qildi. 95-daqiqada Brunu Fernandesh tomonidan penaltidan kiritilgan gol esa “qizil iblislar”ni yarim finalga olib chiqdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar