Darvozabon o‘z vazifasini himoyachilarga yuklayapti

  • 04.09.2020 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” darvozaboni Kepa Arrisabalaga klubdan ketmasligini ta’kidladi. Jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard premer-liga tarixida seyvlar bo‘yicha eng pas natija qayd etgan darvozabon o‘rniga boshqasini olishga harakat qilayotgan edi.

Dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa klubning jamoa mudofaasi uchun kuchli o‘yinchilarni olganidan mamnun bo‘ldi. Ispaniyalik darvozabon himoya mustahkam bo‘lsa, unga kamroq zarba kelishidan umidvor. Himoyachilar to‘plarni qaytarib tursa bo‘ldi.

Kepa Arrisabalaga “Chelsi”ga 2018 yilning yozida 80 million evroga olib kelingan edi. Shu paytgacha 95 ta uchrashuvda 109 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!