
Darvozaboni assist qilgan "Al-Nassr" g‘alaba qozondi, Masharipov maydonda 73 daqiqa harakat qildi (video)
Saudiya Arabistoni chempionati 12-turidan o‘rin olgan "Al-Nassr" - "Al-Tai" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yindagi har ikki gol riyodliklarning legioner hujumchisi Anderson Taliska tomonidan kiritildi. E’tiborlisi, ikkinchi golda unga to‘pni darvozabon David Ospina etkazib bergandi. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Jaloliddin Masharipov 73-daqiqada zaxiraga olindi. Ronaldu esa sobiq klubi "Manchester Yunayted"da o‘ynayotgan paytida diskvalifikatsiya qilingani uchun qaydnomaga kiritilmadi.
Ushbu bellashuvdan so‘ng "Nassr" ochkolari sonini 29 taga etkazib, ikkinchi pog‘onadagi "Al-Shabab" bilan farqni 4 taga etkazib qo‘ydi.
Quyida ikkinchi gol videosini tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.
Fikrlar