Davlat Bobonov "Katta dubulg‘a" turniri finalida ishtirok etdi

  • 7 mart, 2021, 17:42
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni paytda Toshkent shahridagi "Humo Arena" sport saroyida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tmoqda. 

Hozirgina -90 kg vazn toifasidagi hal qiluvchi final uchrashuvi yakunlandi. Oltin medal uchun kechgan murakkab va murosasiz bellashuvda hamyurtimiz Davlat Bobonov yaponiyalik Kenta Nagasavaga qarshi tatamiga chiqdi. Qo‘shimcha bo‘limda qo‘lga kiritilgan ochko dzyudo vatani vakiliga oltin medalni taqdim etdi.

Davlat Bobonov Toshkent "Katta Dubulg‘a" turnirining kumush medali hamda qimmatli 700 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!