
Davron Ergashev sobiq klubiga qaytdi
Bir necha yil mobaynida chempionatimizda to‘p surgan tojikistonlik 36 yoshli himoyachi Davron Ergashev o‘z yurtiga qaytdi. Futbolchi o‘zining sobiq jamoasi – “Xo‘jand” bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi.
Davron 2020 yili “Bunyodkor” klubiga aynan “Xo‘jand”ga ko‘chib o‘tgandi. Bu yil boshida esa u “Metallurg” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ammo yaqinda bekobodliklar bilan do‘stona ravishda xayrlashgandi. Endilikda Ergashev “Xo‘jand” sharafini himoya qiladi.
Fikrlar