Davron Fayziev - "Roma" qanday g‘alaba qozongani va Shomurodovda yuzaga kelgan imkoniyat haqida

  • 28 fevral, 2022, 10:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma"ning bu turdagi qiyin g‘alabasidan so‘ng taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida uchrashuv borasida fikr bildirdi.

Tecno

- Vux. Italiyada drama. "Spetsiya" - "Roma". "Spetsiya" kamchilik bo‘lib qolib, 93-daqiqagacha chidadi. Hakam o‘yinga 3 daqiqa qo‘shdi. 95-daqiqada "Roma" bo‘sh darvozaga gol urolmadi. O‘sha epizodda VAR penalti aniqladi. 99-daqiqada Abraxam penaltidan gol urdi va "Roma" g‘alabani qo‘lga kiritdi, 0:1. Shomurodov zaxiradan tushdi. Bitta zo‘r imkoniyat bo‘ldi, zarbasidan keyin to‘p chiziqdagi himoyachiga tegib qoldi, - dedi Davron Fayziev.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov mazkur bahsda 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!