Davron Fayziev: 10 kishi bo‘lib "Enfild"da 25-30 daqiqa faqat chidash mumkin, gol urish qiyin

  • 9 mart, 2022, 13:14
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

EChL "Liverpul" - "Inter" (0:1) bahsidan so‘ng taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘yin haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Alamli g‘alaba. Birinchi o‘yinda "Inter" 0:2 hisobida yutqazgan. Javob uchrashuvida ikkita urishi shart edi. Umumiy vaziyatlar bo‘yicha angliyaliklar ustunlik qilishdi. To‘p uch bor to‘singa tegdi. Taktik kurash bo‘lishi tabiiy edi. Ayniqsa, hisobni ushlovchi "Liverpul" tomonidan.

2-taymda "Inter"da nimanidir o‘zgartirish uchun de Vrey o‘rniga D’Ambrozio tushdi. Baribir italiyaliklar ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynashdi. Ana shunday vaziyatlardan birida to‘p "Liverpul"dan olib qo‘yildi. To‘rtta pas va Lautaro Martines jarima maydoni tashqarisidan to‘pni yuqori burchakka qadab qo‘ydi.

Milanliklar qon isini sezib shiddat bilan oldinga tashlanishdi. Shiddat tushunchasi hammaga har xil ta’sir qilarkan. Goldan 1 daqiqa o‘tgach, Aleksis Sanches Fabinoning oyog‘iga tashlandi. Sariq! Bor edi avval Sanchesda sariq. Qizil. Uning to‘lqinida "Inter" o‘rindig‘idan hakamga tashlangan yana kimdir xaydaldi. 10 kishi bo‘lib "Enfild"da 25-30 daqiqa faqat chidash mumkin, gol urish qiyin. Urolmadi "Inter" va turnirni tark etdi. 0:1. "Liverpul" chorak finalda, - dedi Davron Faydiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!