Davron Fayziev: Bu yolg‘on xabar

  • 29 noyabr, 2019, 17:05
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"SPORTS.uz haftasi" ko‘rsatuvining navbatdagi soni taqdim etilmoqda. Siz ushbu sonda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlariga yakuniy fikrlar, xulosa, Maurisio Pochettino, Joze Mourino va boshqa mavzular borasida Davron Fayziev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Taniqli sharhlovchi Maurisio Pochettino borasida so‘z yuritar ekan uning iste’fosidan hafa ekanligi va uning sabablari borligiga e’tibor qaratdi.

- Maurisio Pochettinoning bo‘shatilishi meni ranjitdi. Chunki bu murabbiyni o‘rtacha darajadan finalga chiqishiga qadar sinchkovlik bilan kuzatib borganman. Katta ko‘lamdagi ishni bajardi. Zo‘r mutaxassis. Ketishiga asoslari yo‘q edi. Biroq o‘zim uchun xulosa qilgan holda shuni aytishim mumkinki, Maurisio Pochettino boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Pochettino bu darajadagi murabbiylardan kam emas, xatto og‘irroq ham. O‘qish, yozish, chizish, tarbiyaga ham e’tibor bera oladigan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Shu narsa murabbiy tomonidan “Tottenxem”da amalga oshirildi.  Lekin bu o‘qituvchi qanchalik zo‘r bo‘lmasin, sinf unga qanchalik o‘rganmasin, “Tottenxem” futbolchilari uni qanchalik yaxshi ko‘rishmasin, bolalarning ota-onalari uni qanchalik xurmat qilmasin, o‘sha sinf 4-sinfni bitirganidan keyin bolasidek bo‘lib qolgan jamoani yuqori sinfga qo‘yib yuboradi. Nega? Chunki ularga endi boshqacharoq yondoshuv talab etiladi va sinf yubori bosqichga ko‘tariladi. Bu bekorga o‘ylab topilmagan. Bu voqea “Tottenxem”da ham ro‘y berdi.

1985503-41705556-640-360

Maurisio Pochettino “shporlar”ni boshlang‘ich sinfdan o‘tkazib oldi. Klub rahbarlari o‘ylayaptiki, endi bizga sovrinlar kerak, unga mosroq bo‘lgan murabbiy bilan birga boramiz. Ya’ni Pochettino kuchsiz emas. Shunchaki u boshqacharoq uslubda ishlaydigan murabbiy. Klub rahbarlari Mourinoga sovrinlar keltiradigan inson sifatida qarashmoqda.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga “Real”dek katta jamoa nega qiziqmoqda? Bu yolg‘on xabar. Bunga ishonmayman. Zidanning o‘rniga Pochettinoni olib kelish bu – ahmoqlik, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сурхон
29/11/2019 18:21
Узбек футболи балчикка ботаяпти. Шу хакда бош котиринглар.
Dior Akhunoff
29/11/2019 19:19
Sharh qoldiradiganlar Davron Fayziyevni fikrini qoralamanglar. O'sha odam tv translyatsiya qilomagan uchrashuvni telda translyatsiya qildi. Nima bolsa ham Davron aka Uzbda futbopni rivojlantirishni hohlaydigan kam sonli inson lardan biri
&
Surxon turon
29/11/2019 17:48
Сени фикиринг пачитина ва зиданга бир тийн улар муоммасини ӯзлари хал қиболади сен ӯзбек фудболи хақида мақола ёззанг яхшироқмикан
Sherzod Qodirov
30/11/2019 13:15
Togri aytasiz 1 tiyin xam gapmi tushiga xam kirmasak kerak Zidan bn Pochitinino unda uzimiz fudbolimiz xaqda xam bundoq salbiy gaplarni aytsinlar baxonamiz tayor murabiy yangi murabiy chetda xali yoliga solamdi tuda suda gaplarda kora 12 emas 16 17 klub qilish kerak fudbolimiz un shunda 34 35 uyinlar boladi 12 tada 24 ta oynami bazida 20kun bazida 1 oy xam dam boladi fudbolimizga xa desa chj bor dev kn boshqasi ligenarla xam formasi yoqatadi 1oy oynami maydon tuwsin tili osilip qolitdi ligamizda xulas mani gapim xam bir tiyin ularga fudbolimizga achinganimda aytidim