Davron Fayziev EChL finali, imkoniyatlar, Madridga bora olmagani va boshqalar haqida

  • 1 iyun, 2019, 14:37
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Evropa chempionlar ligasi final bahsi o‘tkaziladi. Unda Angliyaning ikki jamoasi “Tottenxem” va “Liverpul” o‘zaro bahslashadi. Mazkur o‘yin oldidan “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida taniqli sharhlovchi Davron Fayziev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.  

Tecno

- Yurtimizda “Liverpul”ning muxlislari ko‘p. Uning o‘yinlari chiroyli. Kloppning personal ishqibozlari ham bor. Shuning uchun “Liverpul” o‘z-o‘zidan favorit bo‘lish bilan birgalikda muxlislar soni jihatidan ham bu jamoaning g‘alabasini xohlovchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu tabiiy, uni inkor etib bo‘lmaydi. Lekin bu narsa foydaga ishlaydimi yoki zararga, bu ham alohida masala. Chunki Evropa ligasida ko‘rdik “Arsenal”ga g‘alaba kerak edi ammo bosimga chiday olmadi. “Chelsi” zafar quchdi. “Tottenxem” ham deyarli shunday vaziyatda. “Shporlar”ni autsayder deb bilishyapti. Maurisio Pochettino shogirdlari bosimsiz o‘ynaydi. Tarixda birinchi marta Evropa chempionlar ligasi finaliga chiqishining o‘zi jamoani qahramonga aylantirdi. “Liverpul” o‘tgan mavsum hal qiluvchi bahsda ishtirok etdi. Ular uchun finalga chiqdik degan narsa qiziq emas. Kubokni qo‘lga kiritish qiziqarli. Bosim Yurgen Klopp shogirdlarida ko‘proq bo‘ladi. “Tottenxem”da kamroq. Biroq boshqa jihatlar bo‘yicha “qizillar” favorit.

Tarkiblar o‘yin masalasini hal qilmasligini avvalgi bosqichlarda ham ko‘rdik. “Tottenxem” Son va Keynsiz o‘ynadi. “Liverpul” Saloh hamda Firminosiz uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu o‘yin birinchidan murabbiylar, zamonamizning eng progressiv ikkita murabbiyi to‘qnashuvi, ikkinchidan yaxshi manoda telba jamoalar qarama-qarshiligi. Yutqazib turgan paytda ham oxirigacha kurashib, harakter ko‘rsatadigan jamoalar to‘qnashuvi. Bo‘lajak finalda oxirgi soniyalargacha kurash bo‘ladi degan taxminim bor. Barcha finallarning o‘ziga yarasha jozibasi bor. Lekin men bugun yorqin final kutyapman.

"Tottenxem" - "Liverpul". Taxminiy tarkiblar (Foto)

Klopp va Pochettinoga ham muhimi chiroyli o‘yin. Buni hamma biladi. Mayli ko‘p gollar urilmasin, mayli 1:1 hisobi qayd etilsin. Lekin bu natijani tagida ancha muncha hujumlar, yorqin vaziyatlar yotadi. Shuning uchun ochiq futbol kutyapman. Gollar soniga kafolat yo‘q. Biroq ochiq futbol kayfiyati bo‘lsa kerak. imkoniyatlar esa 55ga 45 “Liverpul” foydasiga.

maxresdefault_3

Final sharhi qaerda bo‘ladi? Bu so‘nggi kunlarda aktual savol bo‘lib qoldi. Oldingi finallardan birini stadiondan sharhlaganim uchun va undan tashqari videolardan birida Madridga o‘zim olib boraman degandim. Shu bois ko‘pchilik so‘ramoqda. Muammo shundaki, Madridga olib boradigan odam chiqamay qoldi. Finalga olib boraman deganman. Lekin u erga olib borish uchun odam bo‘lishi kerak-ku. O‘yin ishtirokchilarining hammasi mashinani tanlagandi. Shundan kelib chiqqan holda Madrid safari bekor bo‘ldi. Finalni yurtimizda sharhlaymiz, - dedi Davron Fayziev.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
01/06/2019 14:42
тўгри папипти
&
Raxmon Ikromov
01/06/2019 19:55
Fikr emas bir savolim bor bir yilda bir marta beriladigan oltin to‘pning tarkibi 100% oltinmi iltimos ma'lumot bo‘lsa javob kutaman
&
Raxmon Ikromov
01/06/2019 19:51
Salom
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
01/06/2019 14:42
яхши шарҳловчи
&
01/06/2019 19:50
Uzr not'g'RI bosilib ketdi