Davron Fayziev Eronga qarshi o‘yinda O‘zbekiston OTJning plyus va minuslari haqida

  • 10 yanvar, 2020, 19:07
  • Bekzod Isayev
  • 9
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailandda U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Dastlabki turda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Eronga qarshi bahsda durang o‘ynadi.

Bellashuvdan so‘ng O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi o‘zining sahifasida o‘yin borasida fikrlarini yozib qoldirdi.

U-23 Osiyo chempionatining eng qimmat o‘yinchilari Top-10 ro‘yxatidan o‘zbekistonlik futbolchi o‘rin oldi (Foto)

- Demak, 1:1. Yutuq va kamchiliklar soni teng kelganda durang qayd etiladi, degan xulosaga keldim o‘yinni ko‘rib.

Minuslar - o‘yinga kech kirishildi, 1-taymning yarmigacha o‘z darajamizga chiqishga qiynaldik. Ustunlikni to‘liq qo‘lga olgach minimal vaziyatdan gol urishni (ayniqsa bunday kuchli raqibga) uddalamadik, aksincha maksimal imkoniyat - minimum gol. Himoyaviy harakatlarda bog‘liqlik masalasida uzilishlar ko‘p bo‘ldi. Natijada Eron ham bir necha bor yorib kirdi. Urolmadi. Yaxshi. Qanday kamchiliklarni tuzatish kerakligini ko‘rsatishdi. Boshqalar urishi mumkin.

Plyuslar - birinchi o‘yinda asosiy raqiblardan birini uchrashuv oxirigacha bosimda ushlab turish, jamoa bo‘lib himoyalanishga majbur etish va Eron durangni ushlash uchun turli choralarni qo‘llagani. Oxirgi daqiqalarda charchoqqa qaramay g‘alabani sug‘urib olishga intilish bo‘ldi. Individual o‘ynashga intilish, ha bugun bu ba’zida o‘rnida bo‘lmagandir, lekin joyi keladi va aynan individuallik yordam berishi mumkin. Ba’zida jarima maydoniga kombinatsion o‘yin orqali kirilganda paslar yaxshi bo‘ldi. Demak, driblinglar va kombinatsiyalar miks qilinsa yomon bo‘lmaydi.

Azizjon G‘aniev: Eronga qarshi o‘yinda O‘zbekiston OTJ 50 foiz o‘yinini ko‘rsatdi

Endi umumiy xulosa. Guruh rostdan ham og‘ir. Jiddiy “Chellendj”. Ammo bollarda uni engib o‘tishga potentsial ko‘ryapman. Uni ochish kerak. Yaxshi yigitlar. Yaxshi jamoa.

Bilaman va sezaman, ushbu kanal o‘quvchilari aksariyati futbolni yuqori darajada tushunadi. Aynan shunday muxlislar ko‘magi va to‘g‘ri yondoshuvi kerak hozir olimpiyachilarga. Tahlil, xulosa, fikr, reja va g‘alaba! Davom etamiz, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фк сурхон
10/01/2020 20:07
Еронди мураббийи жон куйдираяпти бизди дурливч еса духуга синиб қолди менимча Равшан хайдаровди ӯзи яхшийди унда ватан туйғуси харқалай бореди ӯзи дуриловч қай гӯрдан пайдо бӯлди
Gadoeva Zubayda
10/01/2020 21:21
Yigitlar Xitoyga qarshi faqat g'alaba uchun maydonga tushing!Ortga yo'l yo'q!
&
Admiral_uz
10/01/2020 20:39
Birinchi o'yinda baho berib bo'lmaydi, ikkinchi o'yin esa futbolchilarning 70-80 % kuchini ko'rsatadi
&
Илхом Юнусов
10/01/2020 20:37
Бу хеч канакасига хаяжон эмас бу менсимаслик узларини юлдуз деб хисоблашишди футболчилар бу факт.
Келиг энди уйин тугри тахлил килами.
1-дарвазобоннинг хатоларини хечким танкид килмаяпди аслида ундан бошлаш керак этибор бердизми уйин бошида бир икки марта Эронликлар дарвоза томонга тепишганда дарбозобонимиз узича жахаил килб узини курсатди. Лекин уни тупгп чикишдаги хатолари
&
Bahriddinjon
10/01/2020 20:16
Olg'a O'zbekiston biz sizlarga ishonamiz.Xudo hoxlasa Xitoyni yutamiz.Bushashmanglar olg'aaaaaaa
&
нодирбек.фк насаф
10/01/2020 20:14
БУЙИРДА ИНГ КАТТА ХАТО НОТУГРИ ТАКТИКА КУЙИЛГАН ЖАСУР ЯХШИБОЕВ САНЖАР КОДИРКУЛОВ ИЛХОМ АЛИЖОНОВ ВОПШИМ УЙНОЛМАДИ БОЛЛА ВОПШИМ СУСТ УЙНАДИ
Mamirjan Ahmedov
10/01/2020 19:40
Òzbekiston hitoyga qarshi oyinda dastlabki minutlarda oz oyinini korsatib tezkor gool urib olishi kerak keyin nazorat qilishi kerak
&
Ramzis ll
10/01/2020 19:21
Eng katta minus himoyachilar to'pni orqaga, darvozabonga qaytaravergani.
Mamirjan Ahmedov
10/01/2020 19:43
Fikringizda jon bor