Davron Fayziev: Germaniyalik mutaxassis javob bergandek bo‘ldi

  • 6 dekabr, 2021, 12:29
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 15-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" uchrashuvida mezbonlar Fredning 77-daqiqada urgan goli evaziga muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi. 

G‘alabadan so‘ng "qizil iblislar" ochkolari sonini 24 taga etkazgan holda, 6-o‘ringa ko‘tarildi. 16 ochkoga ega "Kristal Pelas" esa 12-pog‘onani band etgan.

Tecno

O‘yindan keyin taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida murabbiyning dastlabki g‘alabasi haqida fikr bildirdi. 

- Nemischa pressing tashabbuskori Ralf Rangnik debyut o‘yinida g‘alabaga erishganini bildingiz. "Manchester Yunayted" faol bosim qilishni boshladi. Bunday uslubga Ronaldu qanchalik mos tushishi so‘roq ostida edi. Germaniyalik mutaxassis javob bergandek bo‘ldi. U tarkibda keskin o‘zgarishlar qilmadi, asosiy to‘purarni esa o‘ynatdi. Hozircha, ularning ishlab ketishida muammo kuzatilmayapti. Kuzatamiz, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!