Davron Fayziev “Paxtakor”ga qaysi murabbiyni tavsiya qildi? Pochettino va Allegri "sherlar"ning taklifiga ko‘nadimi?

  • 28 dekabr, 2020, 12:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Shota Arveladze "Paxtakor"ni tark etishi ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Ular qatorida taniqli sharhlovchi Davron Fayziev ham bor.

Davron Fayziev SPORTS.uz sayti kuzatuvchilari uchun Shota Arveladze “Paxtakor”ga, o‘zbek futboliga nima bera olgani, o‘rnini kim egallashi mumkinligi va ushbu lavozimga o‘zining taklifini bildirdi.

Arveladze “Paxtakor”ga nima berdi? O‘zbek futboligachi? - Xayrulla Hamidovdan javob

6051581192254

Davron Fayziev “Paxtakor”ga qanday murabbiy kelishi kerakligini aytdi. U qaysi davlatdan bo‘lishi mumkin

- Arveladze “Paxtakor”ga nima berdi? O‘zbek futboligachi?

- Bu murabbiy davrida “Paxtakor” yangi bosqichga chiqdi. Jamoa Evropacha uslubda ishlashda boshladi. Shota Arveladze angliyadagidek bos bo‘ldi. Bosh murabbiy hal qilishi kerak bo‘lgan barcha masalalarni o‘zi hal qildi. Klubdagi barcha o‘z ishi bilan shug‘ullandi...

Murabbiylikda Arveladze “Paxtakor”ga sovrinlar keltirdi. O‘zbek futboliga bu titullarning ahamiyati yo‘qdir. Chunki jamoa Osiyo Chempionlar ligasini yutmadi. Biroq imij nuqtai nazaridan futbolimizga ijobiy ta’sir qildi. “Sherlar” boshqaruviga katta nom, katta murabbiy kelganidan keyin klub imiji yana bir yangilanib oladi. Arveladze qaerda ishlayotganiga evropaliklar ham qiziqadi: jamoaning natijalari qanday, tarkibida kimlar bor vahokazo. Bu esa o‘z-o‘zidan Turkiya, Gruziyaning e’tibori tushdi. Osiyoda “sherlar”dan ozgina cho‘chishni boshlashdi. Oxirgi OChLda jamoa yaxshi qatnashdi. Demak, Arveladze “Paxtakor”ga tartib, intizom va Evropacha ishlash uslubini olib kirdi, o‘zbek futboliga ijobiy imij keltirdi.

Jaloliddin Masharipovning qaysi klubga o‘tishi aniq

IMG_7617

- “Paxtakor”ning imkoniyatidan kelib chiqib, klubga xorijdan kimni taklif qilsa bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

- Hozir xorijda ishsiz yurgan evropalik mutaxassislar juda ko‘p. Imkoniyatdan kelib chiqib, ularni taklif qilish mumkin. Lekin bu moddiy jihatdan ancha qimmatga tushishi mumkin. Shaxsan menga bir paytlar “Paxtakor”da ishlagan Miodrag Radulovichning ishlash uslubi va o‘sha yil ko‘rsatgan o‘yini juda yoqadi. To‘g‘ri, u boshqa “Paxtakor”, boshqa rahbariyat, boshqa davr edi. Shunday bo‘lsa ham o‘ylaymanki, Radulovich qaytib kelishga qarshi emas. Buning ustiga jamoa yaxshi maosh taklif qila oladi. Bu bitta variant.

Slaven Bilich nomzodi qaerdadir paydo bo‘libdi. Bu variant emas. Evropada hech narsaga erisha olmay, har bir joyida natija qoniqarsiz bo‘lgan murabbiyni iltimos qilib, katta pulga olib kelish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Avvallari zo‘r natija qayd etgan, keyin faoliyatida pasayish kuzatilib, omadsizlik tufayli hozirgi kunda yana eksperimentlarga tayyor murabbiylarni qidirib ko‘rish kerak. Masalan, Maurisio Pochettino, Massimiliano Allegri ishsiz. Agar rozi bo‘lsa. Lekin ular bunga ko‘nmaydi. Shuning uchun mening taklifim Radulovich variantini o‘ylab ko‘rish kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!