Davron Fayziev "Qo‘qon-1912" bosh murabbiyi etib tayinlandi
Bugun "Qo‘qon-1912" jamoasi rahbariyatida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Shu kunga qadar jamoa murabbiylar shtabida ishlab kelgan taniqli mutaxassis Davron Fayziev jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi.
"Qo‘qon-1912" jamoasi ertadan boshlab Davron Fayziev boshchiligida mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlaydi. Mashg‘ulotlar Toshkent viloyatining Do‘rmon posyolkasida bo‘lib o‘tadi.
Davron Oripovichga boshlagan mashaqqatli va ma’suliyatli ishlarida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.



Fikrlar