Davron Fayziev: “Real” muxlislariga nima yoqmayapti, hayronman

  • 22.10.2019 19:36
  • Bekzod Isayev
  • 7
  • Futbol

“SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida taniqli sharhlovchi Davron Fayziev “Real”ning oxirgi paytlardagi natijasi va Zinedin Zidanning klubdan ketishi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

4861570110120

Zinedin Zidan ertaga lavozimini tark etishi mumkin

- “Real” EChLni ketma-ket uch marta yutgan paytda ham mavsumning birinchi qismini juda yomon o‘ynagan. PSJ bilan mehmonda yutqazish bu normal holat. Lekin yirik hisobdagi mag‘lubiyat “qirollik klubi”ga mos emas... O‘ylaymanki, madridliklar bu guruhdan chiqishadi. PSJ va “Bryugge”ni ham javob o‘yinlarida mag‘lubiyatga uchratishi mumkin.

Tushunmayapman, nega hozirgi holatda Zidan jamoadan ketishi kerak? La Ligada etakchilardan, odatda “Real”ning muvaffaqiyatsizliklari parallel ketadi, Ispaniyada ham mavsum boshini yomon o‘tkazadi. Muxlislarga nima yoqmayapti, hayronman. PSJdan uchralgan mag‘lubiyat? Hozirgi PSJga hamma ham yutqazishi mumkin. “Bryugge” bilan durang? Bu endi jiddiy masala. Baribir bular Zidanni ketkazishga asos bo‘la olmaydi.

Kuchli jamoalar mavsumning ikkinchi qismida ochiladi. Madridliklar huddi shu PSJ bilan chorak finalda o‘ynasin, o‘shanda baho beramiz.

large_3

Bugungi PSJ daxshatli jamoa. Yutqazish uyat emas. “Real” muxlislari yirik hisobdagi mag‘lubiyatga chiday olmayotgandir. Ammo o‘zlari orzu qilib erishgan murabbiyni ketsin deyish – adolatsizlik. Agar jamoa EChLda guruhdan chiqa olmasa Florentino Peres uni ketkazib yuborishi mumkin. Chunki u bunday vaziyatlarda shoshib qoladi. “Real”ning pley-offga chiqa olmasligi eng yomon natija bo‘ladi. Lekin jamoa buni uddalasa kerak, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sherbek Osginov
23/10/2019 07:59
Real bir futbolchiga bog'lanib qolgan Ronaldo qachondir ketish kerakgu
Даврон Курбанов
23/10/2019 11:32
To'g'ri baribir Real unga o'rinbosar tayyorlash kerak edi.
Musa Abdurasulov
23/10/2019 00:58
Ranaldoning oʻrnini bosuvchi oʻyinchi topa oladimi? Ishonchim komil boshqa Ranaldo boʻlmaydi
Даврон Курбанов
22/10/2019 22:51
Ranolduni yoshi katta bo'lsa ham Yuventusda kurashib o'ynayabi.U haqiaiy jangchi g'alaba uchun oxirigacha kurashadi.
Даврон Курбанов
22/10/2019 22:48
Zidanni olib kelsa ham foydasi bo'lmadi.Baribir Ranolduni o'rni bilinayabdi.Buni Real. muxlislari tan olishni hohlamayabdi.
&
Nasaf-Shaxzod
22/10/2019 22:07
Davronga gap yuq
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
22/10/2019 19:37
фақат Зидан реалли яна олдинги даражасига кўтаради
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
22/10/2019 19:36
Зидан қолиши керак