Davron Fayziev: Samvel Babayanni yaxshi murabbiy deb bilmayman. Lekin...

  • 28 iyun, 2019, 17:42
  • Bekzod Isayev
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

“SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida taniqli sharhlovchi Davron Fayziev “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi bo‘lgan Samvel Babayan borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Garchi transfer oynasi Evropada ochilgan bo‘lsa ham lekin eng qaynoq xabarlar O‘zbekistondan chiqib turibdi. Qiziq tomoni u futbolchilar emas, murabbiylar bilan bog‘liq. Murabbiylar transfer qilinyapti, bo‘shatilyapti, shov-shuvli qaytishlar kuzatilmoqda. Men ko‘pincha aytaman: har qanaqa shov-shuv o‘z bo‘lsa ham bu yilgi chempionatga e’tiborimizni qaratadi. Shuning uchun bunday janjallik qaytishlar, ketishlar bo‘lib turishi kerak. Qaror to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi boshqa masala. Umuman olganda, mudroq holatdagi chempionat, kim keldi, kim ketib qolishi, o‘zi hozir “Paxtakor”da kim bosh murabbiy degan savollar bularning hammasini o‘tganmiz. Ko‘p vaqt bo‘lmadi. Xatto futbolga qiziquvchilar ham “Lokomotiv”da aslida kim murabbiy deya so‘rashardi yoki “Paxtakor”da kim murabbiy Babayanmi yo yordamchilarimi degan savollarni berishardi. Tushunarsiz holat edi. Murabbiylar shaxs sifatida kuchli bo‘lishi kerak edi futbolimizga. Murabbiylar baribir lider. Hozir misol uchun Ronaldu – Messi qarama-qarshiligidan keyin yana qanaqa qarama-qarshilik turadi? Boshqa yo‘q. Murabbiylar qarama-qarshiligi bor. Bu mavsum Klopp va Gvardiola, undan oldin Mourino – Gvardiola. Ya’ni murabbiylar futbolchilar darajasidagi yulduzga aylanib borayapti. Nega? Chunki hozirgi kunda taktikalar shu qadar murakkablashib ketdiki, ularning orasida yangilik qilib, porlab chiqadigan murabbiy kamayib ketdi. Jahon futbolida bir qo‘l bilan sanaladigan murabbiylar qoldi. Bizning futbolda esa murabbiylarni sanashga xatto bir qo‘l barmoqlari ham etmay qolgan edi. Shuning uchun yulduz murabbiylarning bo‘lgani yaxshi. Ronaldu – Messi qarama-qarshiligi butun dunyoda bo‘lsa, bizning futbolda bunaqasi futbolchilar o‘rtasida ham yo‘q. Yaxshilab o‘ylab qaraydigan bo‘lsak, eng kuchli va badavlat jamoalar sifatida “Lokomotiv” va “Paxtakor” sanaladi. Ularning safida liderlar yo‘qki, ularning bir-biri bilan solishtirsak. Haligi “Paxtakor” – “Lokomotiv”, bu futbolchiga qarshi u futbolchi deya olmaymiz. Bugun Cheran yaxshi o‘ynayotgandir. Ertaga bilib bo‘ladimi qanaqa o‘ynashini.

Kuchli duellar jahon futbolini bezaydi. Zidan braziliyalik Ronaldo ajoyib qarama-qarshilik bo‘lardi. Garchi bitta jamoada bo‘lishsa ham ularni solishtirishardi. Undan oldingi davrdagi mana shunday qarama-qarshiliklar futbolga e’tiborni oshirardi. Murabbiylar o‘rtasida ham bunday holat har doim kuzatilgan. Dunyoda ham bo‘lgan. Bizning futbolda ham bo‘lishi kerak. Abramov va Qosimov paytida bu ancha jonlangandi. Bu narsa shu darajagacha etgandiki, muxlislar lagerlarga bo‘linib olgandi. Ularni ketidan ergashib jurnalistlar ham bo‘linib olgandi. Bu sal bo‘lsa ham futbolimizga e’tiborni oshirgan. Intriga kiritgan. Shunga yorqin shaxslar kerak. Shaxslar deganda yorqin bir nom nazarda tutilyapti. Hozirgi kunda Babayandan yorqin nomni topish qiyin. U zo‘r murabbiy emas. U futbolimiz tarixida qora nom bilan joy olgan. Biroq shaxs sifatida baribir taniqli. Bizda qanaqa o‘lchanadi? “Milliy” yoki “Dizayn” kabi kulgu jamoalari hazil qilib chiqsa demak, o‘sha narsa hammaning e’tiboridagi mavzu. Futbol haqidagi hazillardan 80 foizi Babayan to‘g‘risida. Unaqa bo‘lishi ham oson emas. Ancha muncha ishlar qilib tashlash kerak. Yaxshilar bilan bir qatorda yomon ishlar. Bu hafta o‘zbek futbolining trenddagi mavzusi bu murabbiylar. Shunaqa qaradim bu haftaning mavzusiga.

BABAYAN S-terma-_1

Samvel Babayanni yaxshi murabbiy deb bilmayman. Lekin u kuchli tashkilotchi. Shuning uchun bu inson haqida 2 xil fikr bildirib o‘tishim mumkin. Babayan tashkilotchi, Babayan murabbiy. Agar Babayan murabbiy haqida gapiradigan bo‘lsam, men unda ko‘p minus ko‘raman. Men uni “Lokomotiv”ga kelishini nega xato deb hisoblayman? Xatto Babayanning o‘zi uchun. Deylik Babayan “Loko”ga sport direktori bo‘lib qaytganda, bunaqangi shov-shuv bo‘lmasdi. Avval maslahatchi bo‘lganida sal gap-so‘z alangalanib, o‘chdi. Nima uchun shov-shuv bo‘ldi? Nomi umuman tilgan olinmay turib bittada chiqib keldi. Murabbiylikka qaytishi esa 10 karra shov-shuvga aylantirdi. Uni murabbiy sifatida yomon ko‘rishadi va u aynan shu lavozimga keldi. Aytaylik “Lokomotiv” jamoasi rahbarligiga qaytganida, odamlarning g‘azabi, nafrati uyg‘onmasdi deb o‘ylayman. O‘zi uchun ham sal noto‘g‘ri qaror bo‘ldi. Balki ertaroqdir bu qarorni qabul qilishga. O‘zi qiziqar murabbiylikka. Ozgina boshqa lavozimda ishlab turib, yaxshi ishlar qilgach, men o‘zgardim degan narsani hammaga ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, o‘shani Babayan ish vaqtida ko‘rsatib klubni yuqori darajaga olib chiqqanda, mana shuncha ish qildi jamoamiz uchun deyilganda, balki muxlislar tushunishardi. Shunga Samvel Babayan bittada murabbiylikka sakrab chiqib o‘ziga nisbatan munosabatni ozgina yomonlashtirdi. Biroq bu shaxsiy qaror. Bir tomondan uning shaxsiy qaroriga qoyil qolaman. Bunaqa ahvolga tushgan insonlarning qaytishi juda qiyin. Qanaqa kambekni amalga oshirdi? Yurak ham bor ekanda bu odamda. Yana omma e’tiboriga tushish, nafratni tagida qolish, shuni evaziga o‘z maqsadiga erishish. Bu tomonini xurmat qilsa arziydi. O‘ziga ishonyapti, murabbiy bo‘ldi.

Tashkilotchilik tomonidan unga hech qanday e’tiroz bildira olmayman. O‘z vaqtida “Paxtakor” yaxshi infratuzilmani tashkil etdi. Klub inqirozga yuz tutganda ushlab turdi. Uni qanaqa yo‘llar bilan amalga oshirgani boshqa masala. Futbolimizda g‘irromliklar har doim bo‘lgan. Birgina Babayan emas. O‘sha sharoitning o‘zida “Paxtakor”ni ushlab turgan Babayandan klub muxlislari minnatdor bo‘lishsa kerak. futbolchilarni agent sifatida o‘z oldiga to‘plashni biladi. Klubi doirasida foydali ish olib bora oladi, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulaziz AC Milan
28/06/2019 20:56
Hurmatli Davron Fayziyev. Sizni sharhlovchi sifatida juda hurmat qilaman. Agar ushbu fikrlarimni o'qiyotgan bo'lsangiz eshiting. Babayan kuchli bo'lsa Surxonda ishlasin. Dinamoda ishlasin. Opkirsin ushbu klublarni uchlikka. Keyin maqtaylik. Nega aynan loko yoki paxtakorni boshqaradi. Qisqasi poytaxt klublarini. Zo'r bo'lsa autsayderlardan birontasini boshqarsin. Rivojlantirsin. Ikki uch yil oldin Navbahorimni qanday yutib ketgani hali yuragimda turibdi. Hali unga ko'rsatiladi joti qayda ekanligini. Mayli hozir qo'llari uzunligida akaxonlarini panohida yurib tursin. Kun keladiki biz, ya'ni butun O'zbekiston Babayandan qutuladi.
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
28/06/2019 17:45
юраги катта экан
&
28/06/2019 18:26
Yuragi emas tankasi katta ekan.
&
Otaş
03/07/2019 11:42
Узбек фудболига койил комадим шунча киган ишларини унутиб яна шунга ишонч билдирди????????????????
&
Акмал
29/06/2019 09:52
AUT BABAYAN
DUSMAMATNORQOBILOV Norqobilov
28/06/2019 20:35
Qoyil ammo
&
Ramzis ll
28/06/2019 18:15
Qisqasi nima bo'lsa ham Babayan aut.
Исмиямин Шукуров
28/06/2019 18:12
Бу ерда ким бебурд ?
БАБАЯН ми ёки ношуд УФА ми ?
&
Surxon turon
28/06/2019 18:10
Локога хайронман бабаяндан бошқа мурабий йӯқмиди кӯрамаиз бир икки турдан кейин бабанинг ахволини локаданам иттай қувулганда халқди қувончини кӯринг
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
28/06/2019 17:45
бабаянга қойил. у қайтди