Davron Fayziev: Saudiya bizning Qirg‘iziston bilan bahsimizda savollarga javob topmoqchi edi, Abramov yana chalg‘itib qo‘ydi
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi "Paxtakor" stadionida Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Bellashuvda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvdan so‘ng O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi o‘zining sahifasida o‘yin haqida o‘z fikrlarini qisqacha bayon etdi.

- O‘yin xaqida qisqacha. 70%ga eksperemental tarkib. Saudiya Arabistoni bilan shunga o‘xshash tarkib o‘ynaydimi? Yo‘q. Odil Ahmedov himoyada tushadimi yana? Bo‘lishi mumkin, aniq emas. Yangilar ishonchni oqladimi? Ha, qisman. Har biri alohida o‘yin o‘tkazgandek, o‘zaro tushunish masalasi hali muammo. Bog‘lamlar ishlab ketsa ochilib ketadi yana o‘yinimiz. Saudiya bizning Qirg‘iziston bilan bahsimizda savollarga javob topmoqchi edi, Karlenovich yana chalg‘itib qo‘ydi. Foydali o‘yin. Yaxshi impuls g‘alabadan. Bo‘ldi. Bir necha kundan so‘ng guruhimiz grandlari dueli, super to‘qnashuv. Yutishimiz kerak, ishonch bor, Xudo xohlasa, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar
Chamamda sharh ham udar buladi.
Tavakkal uchchoviga berish kerak.ularda ham salbiy,ijobiy fikrlar bor.shu oyinni yil shousi qilib uchchoviga berish kerak.
KIMLIGINI HAMMA BILADI