Davron Fayziev: "Turinda hammasi qaytadan boshlanadi!"

  • 23.02.2022 16:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Kecha Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettirildi. Xususan, "Vilyarreal" - "Yuventus" bahsida 1:1 hisobi qayd etildi. Mashhur sharhlovchi Davron Fayziev mazkur bellashuv haqida fikr bildirdi:

"Taktik durang. Shunday atagan bo‘lardim bu o‘yinni. "Yuventus" vahima bilan boshlagandi. Vlaxovichga Chempionlar ligasidagi debyut golini urish uchun yarim daqiqa etarli bo‘ldi. Danilo unga maydon markazidan salom yo‘lladi, Dushan esa himoyachini chalg‘itib pastki burchakni poyladi.

Allegri shunday startdan keyin ham taktika-taktika o‘ynamoqchi bo‘ldi. "Vilyarreal" 1-taym o‘zida jazolashi mumkin edi. Lo Selso darvoza to‘sinini larzaga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda ispanlar qo‘shishdi. Kapu aqlli pas bilan Parexoni birga-bir chiqarib yubordi va u Shesniga imkon qoldirmadi. Endi taktika o‘ynash navbati Emeriga etdi. U esa bu masalada ustasi. "Real" tasdiqlashi mumkin.

Boshqa gol urilmadi. Durang va Turinda hammasi qaytadan boshlanadi. Mehmondagi gol qoidasi endi yo‘q. Qur’adan keyin "Yuve" favorit ko‘ringandi, hozirga kelib kuchlar balansi tenglashdi. Uchrashning eng yaxshi futbolchisi deb Parexo e’lon qilindi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!