De Ligt: "Yuventus"ga o‘tganimdan afsuslanmayman
"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt o‘zining Turin klubiga o‘tishini xato qaror. deb hisoblamasligini aytdi.
“A Seriyada o‘ynash xorijlik futbolchilar uchun qiyin, ammo men bu kabi qiyinchiliklarni yaxshi ko‘raman. Men har doim Italiya chempionatini o‘zim uchun juda zo‘r, deb o‘ylardim. Men hech qachon "Yuventus"ni tanlaganimdan afsuslanmaganman, bu erda ekanimdan juda xursandman”, - dedi de Ligt.
“Yuventus” de Ligtni 2019 yilning yozida “Ayaks”dan 85,5 mln evro evaziga sotib olgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar