De Xea Madridga ketadi, Oblak Manchesterga!

  • 28 may, 2021, 15:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" va "Atletiko" yozgi transferlar davrida o‘zaro darvozabonlar almashtirishi mumkin.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher klub rahbariyatiga Yan Oblakni sotib olishni maslahat bermoqda.

MYu, o‘z navbatida, sloveniyalik posbon evaziga Madridga o‘zining ispaniyalik darvozaboni David De Xeani yubormoqchi.

Oblakning ayni damdagi transfer narxi 90 million evro, De Xeaning narxi 22 million evroga baholanmoqda.

Oblak joriy mavsum La Ligada 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va shulardan 16 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. De Xea APLda 26 ta o‘yindan 10 tasida gol o‘tkazmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!