
De Yongga o‘rinbosar topildi
"Barselona"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi De Yong jamoani tark etishi mumkin. Uning xizmatlariga "Manchester Siti" qiziqmoqda. Agar De Yong Kataloniya klubidan ketadigan bo‘lsa, Niko Gonsales kataloniyaliklarning asosiy futbolchisiga aylanishi mumkin.
"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" ustozi Xavi Ernandes futbolchining mavsumoldi saviyasini ko‘rib, uni baholamoqchi. Gonsalesning o‘zi jamoadan joy uchun kurashishga tayyor.
Niko o‘tgan mavsumda "Valensiya"da ijara asosida o‘ynagandi. 21 yoshli yarim himoyachi 26 uchrashuvda qatnashib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. "Transfermarkt" uning narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikrlar