Deklan Rays: “Raqiblar Angliyadan qo‘rqishi kerak”

  • 05.12.2022 15:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya nimchorak finalda Kamerunni mag‘lub qilib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. O‘yindan keyin yarim himoyachi Deklan Rays o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Menimcha, biz etarlicha baholanmaymiz. Niderlandiya va Argentina kabi terma jamoalariga karasangiz, ular har bitta o‘yinda qiynalmasdan g‘alaba qozonmoqda va ularni maqtashadi. Oxirgi ikkita o‘yinimizga nazar solsangiz, biz uchun ham o‘yinlar oson o‘tmoqda. Boshqa davlatlar Angliyadan qo‘rqishi kerak. Sababi, biz ajoyib jamoamiz”, - dedi “Vest Xem” futbolchisi.

“Uch sherlar” o‘z tarixida 10-marta chorak finalga yo‘l oldi. Angliya bu bosqichda amaldagi chempion Frantsiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!