Dembele "Barselona"ga shartini aytdi

  • 28.06.2022 16:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi frantsiyalik vinger Usmon Dembele bilan yangi shartnomasini imzolash borasida kelisha olmayapti.

Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ga o‘z shartini ma’lum qilgan: Agar klub taklifni yaxshilasa, yangi shartnoma imzolaydi. Bo‘lmasa Kataloniya klubini tark etadi.

Avvalroq "Barselona" Usmonga taklif bilan chiqqan, biroq futbolchini shartnomaning moliyaviy jihatlari qoniqtirmagandi.

Dembelening ispan jamoasi bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. O‘tgan mavsumda vinger La Liganing 21 o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!