
Dembele bu yil boshqa maydonga tusholmaydi
“Barselona” klubi forvardi Usmon Dembele kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan “Borussiya” Dortmundga (3:1) qarshi o‘yinda jarohat oldi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik futbolchi endi taxminan 5 hafta maydonga tusholmaydi. Shuni inobatga olsak, Dembele joriy 2019 yilda boshqa o‘ynamaydi.
Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Barselona” safida 9 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar