Dembele va Pike ish tashlashda ishtirok etdi
“Barselona”ning 2 nafar futbolchisi bugun Kataloniyada rejalashtirilgan ish tashlashni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra gap himoyachi Jerare Pike va hujumchi Usmon Dembele haqida ketmoqda. Ushbu futbolchilar mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan bosh tortishgan.
Ta’kidlash kerakki, jamoaning boshqa a’zolari ertaga bo‘lib o‘tadigan “Eybar”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun jo‘nab ketishgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda kataloniyaliklar 2017 yil Kataloniya mustaqilligi uchun referendum o‘tkazishni tashkillashtirgan 9 nafar mansabdorlar ustidan Ispaniya oliy sudining qaroriga norozilik bildirishmoqda va turli namoyishlar o‘tkazishmoqda.
Fikrlar