Dembelega jiddiy taklif keldi. U "Barsa"ni tark etishi mumkin
"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin. Bir qancha nashrlar uni tez orada yakuniy qaror chiqarishini ta’kidlamoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Parij jamoasi vingerning tovon pulini to‘lamoqchi. Bu tovon puli 1 avgustgacha 50 million evro, undan keyin 100 million evroga aylanadi. Shu sababli, parijliklar bu transferni tezroq amalga oshirmoqchi. Futbolchi Frantsiya klubini rad qilmadi, lekin hali rozilik ham bildirgani yo‘q.
"Barselona" esa Dembeleni olib qolishga harakat qilmoqda. Avvalroq, klub u bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirmoqchi edi.

Fikrlar