Demetrius Jonson va Genri Sexudo o‘rtasida uchinchi jang bo‘ladimi?

UFCning eng engil  vazn toifasidagi sobiq chempion Demetrius Jonson Genri Sexudoga qarshi uchinchi jang, u uchun juda muxim emasligini ta’kidlaydi. 2016da Jonson Sexudoni birinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etgan edi. Biroq o‘tgan yili Genri Demetriusni hakamlarning qarori bilan mag‘lubiyatga uchratib, undan chempionlikni tortib olgandi.

"Nimalar yuz bermadi. Ko‘pchilik mendan yana Kiodji Xoriguchi, Dominik Kruz, darvoqea, Bred Pikketlardan revansh olishimni so‘rashadi. Mag‘lubiyat bu mag‘lubiyat. Faoliyatimda Sexudodan uchralgan yoqimsiz mag‘lubiyat bor.

Agar, bizning birinchi jangimizga e’tibor qaratsangiz. Men uni buzib tashlaganimni ko‘rasiz. Ikkinchi jangda esa, u  bir amallab g‘alaba qozondi. Lekin bu mag‘lubiyat borasida tashvishlanmayman. Aksincha, muvaffaqiyatsizlikdan saboq olish va harakat qilish kerak. Men shunday qilaman”,- deydi Demetrius Jonson Ariel Xelvani shousida...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Emiliano Sala
13/08/2019 21:16
Haqiqiy afsona 32 yosh 32 jang 28 g'alaba 3 mag'lubiyat 1 durang. Haqiqiy chempion