Denis Istomin juftlik bellashuvlarida ham bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Qozog‘istonda tennis bo‘yicha Professional tennis uyushmasi - ATR musobaqalari taqvimidan joy olgan "Chellenjer" turkumidagi "Capital Cup -2016" xalqaro turnirida hamyurtimiz Denis Istomin juftlik bellashuvlarida ham zafar quchmoqda.
Musobaqada rossiyalik Mixail Elgin bilan birga birinchi raqamli duetni tashkil qilgan Denis Istomin dastlabki bosqichda mezbon tennischilar Aleksiy Kedryuk va Denis Evseevni 6:0, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ikkinchi davrada Denis Istomin va Mixail Elgin yaponiyalik Yuya Kibi va janubiy koreyalik Sun Vu Kvon juftligiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar